Jamiyat asosiy maqsadiga erishish uchun faoliyat va xizmat koʻrsatishning quyidagi turlarini amalga oshiradi: paxta xom ashyosini belgilangan tartibda xarid qilish, saqlash, qayta ishlash, jahon bozorida raqobatga bardoshli yuqori sifatli paxta mahsulotlari ishlab chiqarish va shu orqali jamiyatning iqtisodiy samaradorligini kuchaytirish va foyda olish; paxta xom ashyosini xarid qilish va qayta ishlash yuzasidan paxta yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari va fermer xoʻjaliklari bilan kontraktatsiya shartnomalari tuzish; tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq paxta xom ashyosini xarid qilish va uni belgilangan reja-topshiriqlarga muvofiq oʻz vaqtida qayta ishlash, ishlab chiqarilgan paxta mahsulotlarini isteʼmolchilariga yetkazib berish; paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarni paxtaning jahon bozorida xaridorgir boʻlgan seleksiya navlarining yuqori konditsiyali urugʻlik chigitlari bilan taʼminlash; pul mablagʻlardan maqsadli foydalanish, paxta xom ashyosini xarid qilish va qayta ishlash yuzasidan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq paxta yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari va fermer xoʻjaliklari bilan belgilangan tartibda xisob – kitob qilish; paxta xom ashyosini xarid qilish, paxta tolasi va boshqa paxta mahsulotlari ishlab chiqarish, isteʼmolchilarga joʻnatish va shu mahsulotlarning koldiqlari boʻyicha hisob-kitob va hisobot yuritish, paxta mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari, uni eksportga va respublika isteʼmolchilariga sotish boʻyicha maʼlumotlarning ishonchliligini taʼminlash; xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish bozor mexanizmini rivojlantirish; jamiyatni texnik jihatdan jihozlash, zamonaviylashtirish, chet el investitsiyalarini jalb etish, jamiyatni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish; jamiyat iqtisodiy, moliyaviy holatini barqarorlashtirish, investitsion portfeldan samarali foydalanish, mehnat jamoasi uchun qulay, zamonaviy sharoitlar yaratish, ularning iqtisodiy manfaatdorligini kuchaytirish; Oʻzbekiston Respublikasi paxtani qayta ishlash sanoatining rivojiga munosib hissa qoʻshish; belgilangan tartibda investorlar bilan shartnoma asosida jamiyatga xoʻjalik faoliyati uchun samarali boʻlgan investitsiyalar kiritish; Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda mol-mulk, koʻchmas mulk, intellektual mulklar olish, sotish, ijaraga berish, ijaraga olish. ishlab chiqarilgan xalq isteʼmoli mollarining ulgurji va chakana savdosini tashkil etish; qishloq xoʻjalik, jumladan chorvachilik maxsulotlarini ishlab chiqarish va ularni sotish; Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish. Jamiyatda sotiladigan mahsulotlar va koʻrsatiladigan xizmatlar boʻyicha marketing strategiyasi Jamiyat faoliyatining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chikib, marketing strategiyasining asosiy yoʻnalishlari quyidagilar: bahoni shakllantirish siyosati; miqdor boʻyicha bozor talabi; nav va sifat boʻyicha bozor talabi; yetkazib berish muddati boʻyicha bozor talabi individual hal qilinadi. Ishlab chiqarilidigan paxta mahsulotlari seleksiya navlariga, sinflarlarga va tiplarga qarab Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan ulgurji narxlari narxnomasida (preyskurant) koʻrsatilgan narxlar asosida sotiladi. Ulgurji narxlar bir paxta hosili davomida amal qilishi sababli, biznes-reja hisob-kitoblaridagi daromad qismini ishonchlilik bilan rejalashtirish mumkin. Jamiyatda asosan S-65-24, Nam-77, Yangi navdagi paxta tolasi ishlab chiqarilishi sababli, amaldagi ulgurji narxlarga asosan S-65-24 -4 536 021 soʻm/tonna, Nam-77 – 4 474 785 sum/tonna, boʻyicha hisob-kitob qilinadi. Miqdor jihatidan olib qaralganda markazlashgan buyurtma asosida mahsulot yetkazib berilishi sababli, ishlab chiqarilgan paxta mahsulotlarining barchasi sotilishi ehtimoli yuqori. Ishlab chiqarilgan paxta mahsulotlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016 yil 30 avgustdagi 286-son, “Paxta chigitini yetkazib berish va undan foydalanish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006 yil 18 sentabrdagi 199-son va “Mahsulotlar, xom ashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004 yil 05 fevraldagi 57-son qarorlariga asosan “Oʻzpaxtaeksport” aksiyadorlik jamiyatiga, yogʻ-moy korxonalariga va boshqa isteʼmolchilarga belgilangan tartibda sotiladi. |
Напечатать